Dani Olmo yana «Barselona» mashg‘ulotlariga qaytdi
«Barselona» yarim himoyachisi Dani Olmo jamoaviy mashg‘ulotlarga qaytdi, deya xabar beradi insayder Fabrisio Romano.
U Fermin bilan La Liga 10-turi doirasida 20 oktyabr kuni «Sevilya»ga qarshi o‘yinda maydonga tushishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, Olmo 15 sentyabr kuni «Jirona» bilan o‘yinda (4:1) jarohat olgandi. Bu mavsumda Dani «Barselona» safida 3 ta o‘yinda 3 ta gol urdi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/