«Yuventus» «Barselona» tarbiyalanuvchisini sotib olmoqchi

Turinning «Yuventus» klubi «Parma» markaziy yarim himoyachisi Adrian Bernabega qiziqish bildirmoqda.

Sky Italia xabariga ko‘ra, «byankonerilar» yangi ustozi Luchano Spalletti qishda yarim himoya pozisiyasini kuchaytirishni istamoqda. 24 yoshli ispaniyalik futbolchi bu pozisiya uchun eng yaxshi nomzodlardan biri. Shuningdek, «Marsel»dan Pyer-Emil Xyoyberg varianti ham bor.

Bernabe «Barselona» tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U Transfermarkt tomonidan 15 million yevroga baholanmoqda. Adrian «Parma» safiga 2021 yilda «Manchester Siti U-23» safidan kelib qo‘shilgan.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter