Ruminiya terma jamoasining ham Yevro-2024 uchun qaydnomasi ma’lum bo‘ldi

UYEFA rasmiy sayti Ruminiya terma jamoasining 2024 yilgi Yevropa chempionati uchun so‘nggi qaydnomasini e’lon qildi.

Darvozabonlar: Xorasiu Moldovan («Atletiko»), Florin Nise («Gaziantep»), Shtefan Tirnovanu (FKSB).

Himoyachilar: Nikushor Banku («Universitatya» Krayova), Andrey Burke (Al-Oxdud), Radu Dregushin («Tottenxem»), Vasile Mogosh (CHFR), Yonus Nedelchyaru («Palermo»), Bogdan Rakovisan («Rakuv»), Andrey Rasyu («Rayo Valyekano»), Adrian Rus («Pafos»).

Yarim himoyachilar: Aleksandru Chikildeu («Konyaspor»), Yanis Xadji («Alaves»), Marius Marin («Piza»), Rezvan Marin («Empoli»), Darius Olaru (FKSB), Deyan Soresku («Gaziantep»), Nikolaye Stanchu («Damak»), Adrian Shut (FKSB).

Hujumchilar: Denis Alibek («Muayter»), Daniel Birlidja (CHFR), Florinel Koman (FKSB), Denis Dregush («Gaziantep»), Dennis Man («Parma»), Valentin Mixeyle («Parma»), Djordje Pushkash («Bari»).

Eslatib o‘tamiz, futbol bo‘yicha 2024 yilgi Yevropa chempionati 14 iyun, juma kuni boshlanadi. Ruminiya terma jamoasi musobaqadagi safarini «E» guruhidan boshlaydi, ularning raqibi Belgiya, Slovakiya va Ukraina terma jamoalari bo‘ladi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter