Konte «Napoli» rahbariyati bilan uchrashadi

«Napoli» rahbariyati jamoa bosh murabbiyi Antonio Konte bilan uchrashuv o‘tkazadi. Bu haqda jurnalist Matteo Moretto o‘z ijtimoiy tarmoqlarida ma’lum qildi.

Uchrashuv 10 noyabr kuni bo‘lib o‘tishi kerak. So‘nggi o‘yinlardagi natijalardan norozi bo‘lgan jamoa xo‘jayini Aurelio De Laurentis Konte bilan hamkorlikni davom ettirish yoki ettirmaslik masalasini muhokama qiladi. «Napoli»ning o‘yini batafsil tahlil qilinishi kutilmoqda.

Neapol klubi barqaror natijalar ko‘rsatmayapti. Barcha turnirlardagi so‘nggi 10 ta o‘yinda atigi 4 ta g‘alaba qayd etilgan. Jamoa Italiya chempionatida peshqadamlikni yo‘qotdi va Chempionlar Ligasida PSVga 2:6 hisobida yutqazdi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter