Konte «Yuventus» futbolchilarini «Napoli»ga olib kelmoqchi

Antonio Konte Federiko Kyezaning «Napoli»ga o‘tishiga qiziqmoqda.

Tuttomercato nashrining La Reppublica nashriga tayanib xabar berishicha, avvalroq «Napoli»ga tayinlanish arafasida turgan Konte «Yuventus» yarim himoyachisini Xvicha Kvarasxeliyadan ketgan taqdirda uning o‘rnini bosa oladigan futbolchi sifatida ko‘rmoqda.

Shuningdek, Konte Daniloni «Napoli»da ko‘rmoqchi ekanligi ma’lum qilingan. Jakomo Raspadori kelajagi ham murabbiyga bog‘liq bo‘ladi – avvalroq neapollik forvardga «Inter» va «Yuventus»dan qiziqish bildirilgan edi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter