Konte «Yuventus» haqidagi mish-mishlar haqida gapirdi
«Napoli» bosh murabbiyi Antonio Konte «Yuventus» bilan murabbiylik ko‘prigiga qaytish imkoniyatini muhokama qilgani haqidagi mish-mishlarga izoh berdi.
«Men hech kim bilan bog‘langanim yo‘q. Men bilan uchinchi shaxslar orqali bog‘lanishga uringan har bir kishiga har doimgidek, mavsum oxirida o‘z klubim bilan gaplashishimni aytganman. Va agar uchrashuv ikkala tomonni ham qoniqtirmasa, boshqa loyihaga ochiq bo‘laman», – dedi Konte.
Antonio Konte qo‘l ostida “Napoli” Italiya chempioniga aylandi. Ko‘p o‘tmay, Konte jamoa bilan ishlashda davom etishi ma’lum bo‘ldi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/