Vlaxovich: «Taktikani murabbiy hal qiladi»
«Yuventus» Luchano Spalletti bosh murabbiy etib tayinlanganidan keyingi dastlabki o‘yinda «Kremoneze» mehmoni bo‘ldi (2:1). Ushbu o‘yindan so‘ng turinliklar hujumchisi Dushan Vlaxovich o‘z fikrlarini bildirdi.
2 va 68-daqiqalarda Filip Kostich va Andrea Kambyaso tomonidan kiritilgan gollar turinliklarga 3 ochko keltirdi. Mezbonlar safida 83-daqiqada Jeymi Vardi o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ydi.
«Ikkinchi bo‘limda bizda noto‘g‘ri munosabat bo‘ldi, deb aytmagan bo‘lardim – gap ko‘proq noto‘g‘ri harakatlarda. Hech qanday sababsiz juda chuqur mudofaaga o‘tib ketdik. G‘alaba qozonish juda muhim edi. Taktikaga kelsak, buni murabbiy hal qiladi – men hamma narsaga tayyorman», – deya Vlaxovichning so‘zlarini keltiradi Italiya OAV.
Luchano Spalletti klubda avvalroq ishdan bo‘shatilgan Igor Tudorning o‘rnini egalladi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/
