Islom birdamlik o‘yinlari uchun futzalchilarimizning taqvimi e’lon qilindi
 
                                            
Noyabr oyining dastlabki o‘n kunligida jahon sport jamoatchiligining diqqat markazi Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyod shahriga qaratilgan bo‘ladi. Ana shu maskanda VI Islom birdamlik o‘yinlari bo‘lib o‘tadi.
Sportning 23 ta turini o‘zida jamlagan mazkur nufuzli musobaqada O‘zbekiston delegasiyasi ham katta tarkib bilan ishtirok etishi kutilmoqda. Biz uchun e’tiborli jihati shundaki, futzal bahslarida mamlakatimiz sharafini O‘zbekiston milliy terma jamoasi himoya qiladi.
Kecha Ar-Riyodda guruh bosqichi o‘yinlarining taqvimi e’lon qilindi. Unga ko‘ra, Nodir Eliboyev shogirdlari musobaqani 4 noyabr kuni mezbonlar — Saudiya Arabistoni terma jamoasiga qarshi bahs bilan boshlaydi.
6 noyabr sanasida bo‘lib o‘tadigan ikkinchi turda Ozarbayjon terma jamoasiga qarshi maydonga tushamiz.
8 noyabr kuni esa guruh bosqichini Liviya terma jamoasiga qarshi o‘yin bilan yakunlaymiz.
Ayni paytda O‘zbekiston milliy terma jamoasi Islom birdamlik o‘yinlariga qizg‘in tayyorgarlikni poytaxtimizdagi “Yunusobod” sport majmuasida olib bormoqda.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/
 
                    