Islom Maxachev UFC’da rekord qayd etdi

UFC 294 da Aleksandr Volkanovskini taslim etgan Islom Maxachev promoushen tarixida o‘ziga xos rekord qayd etdi.

Islom P4P reytingidagi top-3 likka kiruvchi raqiblarga qarshi ketma-ket 3 ta jang o‘tkazgan tarixdagi ilk jangchiga aylandi.  

Undan tashqari dog‘istonlik sportchi har uchala jangni ham o‘z foydasiga hal qila oldi. Maxachev 12 oy davomida 3 ta jang o‘tkazdi.

2022 yil oktyabr oyida Islom Charlz Oliveyrani 2-raundda mag‘lub etgandi. 2023 yilning fevral oyida esa hakamlar qaroriga ko‘ra Volkanovski ustidan g‘alaba qozongan.

21 oktyabr sanasida yana Aleksga qarshi oktagonga ko‘tarilib, birinchi raunddayoq raqibini nokautga uchratdi.

Manba: daryo.uz

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter