Ronalduning natijalarini hamma xohlaydi, lekin qilayotgan mehnatini bajarishga kelganda…
 
                                            
«Manchester Yunayted»ning sobiq futbolchisi Rio Ferdinand Krishtianu Ronalduning muvaffaqiyati haqida gapirdi.
Portugaliyalik hujumchi 40 yoshida ham «An-Nassr» va milliy terma jamoasi uchun muntazam ravishda gol urishda davom etmoqda.
«Ronaldu erishgan yutuqlarga hamma erishishni xohlaydi, ammo 99,9% odamlar uning qilayotgan ishini bajarishdan bosh tortadilar.
Men uning izchilligi, fidoyiligi, mashg‘ulotlari, to‘g‘ri ovqatlanishi, uyqusi va boshqalar haqida gapiryapman.
Krishtianuda meni eng ko‘p hayratga soladigan narsa aynan shu va buning uchun u ulkan hurmatga loyiq», – deya Ferdinandning so‘zlarini keltiradi Al Nassr Zone.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/
 
                    