Karrager Ferdinandni keskin tanqid qildi

Jeymi Karrager Rio Ferdinandni masxaraboz deb atadi.
«Liverpul»ning sobiq himoyachisi Misr terma jamoasi yuqori saviyadagi turnirlarda qatnashmayotgani sababli Muhammad Salohning dunyoning eng yaxshi futbolchisi unvoniga da’vogarlik qilishi qiyinligini aytgandi.

“Manchester Yunayted”ning sobiq himoyachisi Rio Ferdinand Karragerning fikriga qo‘shilmadi: “Bu savodsiz hukm.

Afrika kubogini qadrsizlantirib bo‘lmaydi, uning maqomi Yevro yoki Kopa Amerika darajasida bo‘lishi kerak», – dedi Ferdinand.

Shunga javoban Karrager «Men bunday demoqchi emasdim, masxaraboz. Har doimgidek olomonga tosh otishni to‘xtating», – deb yozdi “Liverpul”ning sobiq himoyachisi Karrager.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter