Yoshko Gvardiol APL chempionligi uchun kurash haqida fikr bildirdi

«Manchester Siti» himoyachisi Yoshko Gvardiol Angliya Premyer-ligasida chempionlik uchun kurash mavzusi haqida fikr bildirdi.

8 turdan so‘ng «shaharliklar» 16 ochko bilan «Arsenal»dan (19) ortda, «Liverpul»dan (15) oldinda bormoqda. Ular hozirda ikkinchi o‘rinni egallab turibdi.

«Mavsum boshida bizga past baho berishayotgani sezildi. Hamma faqat «Arsenal» va «Liverpul» haqida gapirardi. Ketma-ket muvaffaqiyatli o‘yinlardan so‘ng, bizni hisobdan chiqarish kerak emasligini hamma tushunadi. Oldinda hali ko‘p o‘yinlar bor – o‘ylaymanki, bizni qiziqarli mavsum kutmoqda,» – deya Gvardiolning so‘zlarini keltiradi jurnalist Rob Douson.

Yakshanba kuni «Manchester Siti» safarda «Aston Villa» mehmoni bo‘ladi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter