Gvardiol: «Kovachich to‘p bilan juda kuchli»

«Manchester Siti» himoyachisi Yoshko Gvardiol jamoadoshi Mateo Kovachich haqida fikr bildirdi.

«Uning fazilatlarini hamma biladi. «Barselona»ga qarshi o‘yinda uning o‘yinini ko‘rdingiz. U to‘p bilan kuchli. Undan to‘pni tortib olish juda qiyin», – dedi Gvardiol City Xtra bilan suhbatda.

30 yoshli Kovachich 2023 yilning yozidan buyon «Manchester Siti»da o‘ynamoqda. U «Manchester Siti» libosida 46 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol va bitta golli uzatmani amalga oshirgan. Kovachichning «Manchester Siti» bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilgacha mo‘ljallangan.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter