“Manchester Siti” himoyachisi rekord o‘rnatdi

“Manchester Siti” himoyachisi Yoshko Gvardiol Angliya premyer-ligasida navbatdagi golini urdi.

Xorvatiyalik futbolchi “Chelsi”ga qarshi o‘yinning 42-daqiqasida gol urib, hisobni 1:1 ko‘rinishiga keltirdi.

Ikkinchi bo‘limda “shaharliklar” yana ikki bor to‘p kiritib, uch ochkoga ega bo‘lishdi. Gvardiol joriy Angliya chempionatida allaqachon beshta gol urdi, bu himoyaviy futbolchilar orasida eng yaxshi natija.

Bundan tashqari, Opta ta’kidlaganidek, Yoshko 2000/01 yilgi mavsumda olti marta gol urgan Stiv Xouidan keyin Premyer-ligada bunday sermahsul natijaga erishgan ikkinchi «Manchester Siti» himoyachisi bo‘ldi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter