Messi «Inter Mayami» bilan shartnomani uzaytirishiga nima sabab bo‘lganini aytdi

“Inter Mayami” hujumchisi Lionel Messi klub bilan shartnomasini 2028 yilgacha uzaytirish haqida qaror qabul qilishda nimalarni inobatga olganini so‘zlab berdi.

“Rostini aytsam, bu yil o‘zimni juda yaxshi his qildim. Men Mayamida yashashdan baxtiyorman, oilam ham xuddi shunday. Shu bois bu qarorni qabul qilish men uchun oson bo‘ldi.

Har kuni o‘zimni yaxshi his qilishga va, eng muhimi, o‘zimga nisbatan xolis bo‘lishga harakat qilaman. Agar o‘zimni yaxshi his qilsam — bundan zavq olaman. Ammo agar yomon bo‘lsa, unda bunday joyda bo‘lishni xohlamayman.

Men doimo aytib kelaman: qarorimni jismoniy va ruhiy holatimga qarab qabul qilaman. Agar shular yaxshi bo‘lsa, o‘ynashni va bu klubning bir qismi bo‘lib qolishni davom ettiraman”, — deya Messining so‘zlarini NBC keltiradi.

Manba: championat.com

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter