«Inter Mayami» Messi bilan va usiz qanday natija qayd etmoqda?

Messining yangi jamoasidagi ta’siri juda katta bo‘ldi. Buni «Inter Mayami»ning oldingi va hozirgi natijalarini taqqoslash orqali ham ko‘rishimiz mumkin. Xususan, Lionel Messi kelguniga qadar har qanday o‘lchovlar bobida Devid Bekxem jamoasi eng yomon natijaga ega edi. Sharqiy liganing eng pastida turgani yetmaganidek, jamoa bosh murabbiysiz qolgandi. Negaki, qoniqarsiz natijalar sababli Fil Nevill iste’foga chiqarilgan edi.
Messi «PSJ»ni shartnomasi yakunlangach, tark etdi. Bu orada uning «Barselona»ga qaytishi, Saudiya Arabistoniga yirik bitim evaziga ketishi bilan bog‘liq mish-mishlar urchiy boshladi. Ammo u MLSni tanladi. Ayni damda 36 yoshli afsona «Oltin to‘p»ga eng asosiy da’vogar bo‘lib turibdi.

Messi iyul oyi oxirida uzoq kutilgan debyutini amalga oshirib, so‘nggi daqiqalardagi goli evaziga jamoasiga g‘alaba keltirdi. Shundan beri hujumchi Tato Martino boshchiligida «Inter Mayami»ning natijalarida keskin yaxshi tomonga o‘zgartirdi. Bunda Messiga eski do‘stlari bo‘lmish Xordi Alba hamda Serxio Buskets yordam beryapti. Masalan, Messi o‘zi qatnashgan har bir o‘yindagi golda ishtirok etmoqda. U bilan «Inter Mayami» hali mag‘lubiyatga uchramadi. Aynan Messi sababli klub o‘z tarixida ilk bor titul qo‘lga kiritdi.

Jamoa bosh murabbiyi Tata Martino Messi haqida shunday deydi: «Messini dunyoning eng yaxshi futbolchisi ekanini hamma biladi. Bundan yaxshiroq ta’rif ishlatish imkonsiz bo‘lsa kerak. Men uning mehnatlarini qadrlayman».
Quyida Messi v usiz «Inter Mayami» qanday statistikaga ega ekanini bilib olasiz.

Messi bilan

O‘yinlar: 11 ta
G‘alabalar: 10 ta (3 tasi penaltilar seriyasi orqali)
Duranglar: 1 ta
Mag‘lubiyatlar: 0 ta
Gollar: 30 ta (11 ta gol va 5 ta assist Messiniki)
G‘alaba ko‘rsatkichi: 90.9 foiz
O‘rtacha ochko: 2.81.

Messisiz

O‘yinlar: 28 ta
G‘alabalar: 10 ta (1 tasi penaltilar seriyasi orqali)
Duranglar: 1 ta
Mag‘lubiyatlar: 15 ta
Gollar: 33 ta
G‘alaba ko‘rsatkichi: 35.7 foiz
O‘rtacha ochko: 1.17.

 

 

 

ISMATOV J.

Manba: planetfootball.com

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter