«Inter Mayami» Messi bilan shartnomasini uzaytirishiga ishonmoqda
«Inter Mayami» hujumchi Lionel Messi bilan yangi shartnoma imzolashga yaqin turibdi. Klub 38 yoshli argentinalik futbolchi kamida 2026 yilgacha jamoada qolishiga ishonchi komil.
Devid Ornshteynning so‘zlariga ko‘ra, klub 2026 yilda yangi Fredom Park stadioni ochilganda Messidan «Inter»ning yuziga aylanishini kutmoqda.
38 yoshli futbolchiga anchadan beri Saudiya Arabistonining «Al-Hilol» klubi da’vogarlik qilmoqda, ammo Amerika klubi yaqin kelajakda hamkorlik davom etishini rasman e’lon qilishga umid qilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Lionel Messi «Inter Mayami»ga 2023 yilning yozida kelib qo‘shilgan edi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/