De Dzerbi: «Unda dunyoning eng yaxshi o‘yinchilaridan biri bo‘lish uchun sifatlar bor»

«Marsel» «Gavr»ni 6:2 hisobida mag‘lub etganida Meyson Grinvud aql bovar qilmaydigan o‘yin namoyish etdi. Angliyalik hujumchi to‘rtta gol urib, Roberto De Zerbi jamoasini Liga 1 peshqadamiga aylantirdi. Uchrashuvdan so‘ng italiyalik murabbiy matbuot anjumanida inglizni chin dildan maqtadi.

«Unda dunyoning eng yaxshi o‘yinchilaridan biri bo‘lish uchun sifatlar bor. U o‘ta iste’dodli, ammo jamoaga yanada foydali bo‘lishi kerak. Men uni himoya qilmoqchiman, chunki unga nisbatan tanqidni ko‘rishni yoqtirmayman. U ko‘plab gollar urdi, hech qachon mashg‘ulotlarni o‘tkazib yubormadi va unda hali rivojlanish uchun imkon bor,» – dedi De Dzerbi.

Eslatib o‘tamiz, Grinvud «Marsel» safiga 2024 yilning yozida «Manchester Yunayted»dan taxminan 31,6 million yevro evaziga kelib qo‘shilgan edi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter