Liga1. «PSJ» mavsumdagi ilk mag‘lubiyatini qabul qilib oldi

«PSJ» safarda Fransiya chempionatining 5-turida «Marsel»ga yutqazdi – 0:1.

Uchrashuvning 5-daqiqasida mezbonlar himoyachisi Nayef Agerd yagona gol muallifiga aylandi.

«PSJ» 2025/26 yilgi mavsumdagi ilk mag‘lubiyatini qabul qilib oldi va 12 ochko bilan Liga 1 turnir jadvalida 2-o‘ringa tushib ketdi. Parijliklar qo‘shimcha ko‘rsatkichlar bo‘yicha «Monako»dan ortda qolmoqda.

«Marsel» 9 ochko bilan oltinchi o‘ringa ko‘tarildi.

«Marsel» – «PSJ» uchrashuvi 21 sentyabr, yakshanba kuni bo‘lib o‘tishi kerak edi, ammo Marseldagi noqulay ob-havo tufayli qoldirildi. Natijada o‘yin «Oltin to‘p»ni topshirish marosimida bo‘lib o‘tdi, unda 8 nafar parijlik futbolchi nomzodlar qatoridan joy oldi.

Marsel – PSJ – 1:0
22 sentyabr, 23:00, «Velodrom»
Gollar: Agerd, 5 (1:0)
Marsel: Ruli, Balerdi, Agerd, Pavar, O`Rayli, Xeybyerg, Emerson, Vea (Murilyo, 78), Grinvud (Vaz, 89), Payshan (Obameyang, 61), Guiri (Nadir, 79)
PSJ: ShevalYE, Markinyos, Pacho (Li Kan In, 64), Zabarniy, Ruis, Vitinya, Zair-Emeri (Mayulu, 73), Nunu Mendesh, Xakimi, Kvarasxeliya, Ramush (Mbay, 89)
Ogohlantirishlar: Pavar, 18. Vea, 50. Xeybyerg, 90

Manba: www.stadion.uz.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter