«Manchester Yunayted» uch klub bilan Grinvud borasida muzokaralarni davom ettirmoqchi
«Manchester Yunayted» hujumchi Meyson Grinvudning transferi bo‘yicha muzokaralar qayta boshlanishini kutmoqda.
Angliyalik futbolchi «qizil iblislar»da o‘ynashni davom ettirmaslik ehtimoli yuqori – klub uni yozda sotishni afzal ko‘rmoqda. Futbolchiga talab bor, biroq da’vogarlarning hech biri hali «Manchester Yunayted» bilan kelishuvga erisha olmadi. Jurnalist Saymon Jonsning xabar berishicha, mankunianliklar tez orada forvardga qiziqish bildirgan «Lasio», «Yuventus» va «Marsel» bilan muzokaralarni qayta boshlashni kutishmoqda.
Ba’zi ma’lumotlarga ko‘ra, «Manchester Yunayted» Meyson Grinvud uchun taxminan 35 million yevro so‘ramoqda.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/