Kompani «Bavariya»ning g‘alabali seriyasi haqida fikr bildirdi

«Bavariya» bosh murabbiyi Vensan Kompani jamoaning joriy mavsumdagi ajoyib natijalari haqida fikr bildirdi.

Shanba kuni myunxenliklar o‘z maydonida Dortmundning «Borussiya»sini mag‘lub etib (2:1), g‘alabali seriyasini davom ettirdi. «Bavariya» joriy mavsumdagi 11 o‘yinning barchasida, jumladan, Bundesliganing 7 o‘yinida raqiblaridan ustun keldi.

«Men bu haqda o‘ylamayman, umuman o‘ylamayman. O‘yinchilarga ham shunday dedim. Shunchaki shu ruhda davom etishimiz kerak. Keyingi 11 o‘yinda g‘alaba qozonishni istayman. Bugungi o‘yin ortda qoldi – bo‘lajak o‘yinda o‘zimizni ko‘rsatishimiz kerak,» – deya Kompanining so‘zlarini keltiradi Bayern & Germany.

22 oktyabr, chorshanba kuni «Bavariya» o‘z maydonida Chempionlar ligasi doirasida Belgiyaning «Bryugge» klubiga qarshi bahs olib boradi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter