“Bavariya”ning g‘alabali seriyasi davom etmoqda

21-sentyabr, shanba kuni “Bavariya” Germaniya Bundesligasining 4-turida “Verder”ni ishonchli hisobda mag‘lub etdi. Uchrashuv 5:0 hisobida Vensan Kompani shogirdlari foydasiga hal bo‘ldi.

Avvalroq “Bavariya” Chempionlar ligasida Zagrebning “Dinamo”sini (9:2) hisobida mag‘lub etgandi, Bundesligada “Xolshteyn Xil” (6:1), “Frayburg” (2:0) va “Volfsburg” (3:2) ham «qizillar» tomonidan tor-mor keltirilgan, shuningdek, “Ulm 1846”ni ham «Bavariya» Germaniya kubogidan chiqarib yuborgandi (4:0).

Endi Kompani shogirdlarining g‘alabali seriyasi 6 ta o‘yinga yetdi. 

To‘rt tur natijalariga ko‘ra, «Bavariya» Germaniya chempionati turnir jadvalida 12 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter