Kompani «Chelsi» futbolchisining muvaffaqiyatsiz transferini gapirdi

«Byornli» bosh murabbiyi Vensan Kompani Londonning «Chelsi» klubidan himoyachi Yan Matsenning muvaffaqiyatsiz transferini esladi. Eslatib o‘tamiz, niderlandiyalik futbolchi o‘tgan mavsumda aynan Kompani jamoasida ijara asosida o‘ynagandi.

«U biz bilan ajoyib mavsum o‘tkazdi va biz doimiy ravishda saqlab qolmoqchi bo‘lgan futbolchilarimizdan biri edi. Uning qarori «Chelsi»da qolish edi. Men uning tanlovini to‘liq hurmat qilaman», – dedi Kompani matbuot anjumanida.

Transfer oynasining so‘nggi kunida Matsen «Byornli»ga qaytishi mumkin edi, ammo oxir-oqibat bu imkoniyatdan voz kechib, «Chelsi»da qolishga qaror qildi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter