Roberto Manchini Amorim o‘rniga da’vogarlardan biri
«Manchester Yunayted» rahbariyati jamoaning amaldagi ustozi Ruben Amorim o‘rniga yangi bosh murabbiy tayinlashi mumkin. The Sun xabariga ko‘ra, «qizil iblislar» boshqaruviga o‘z vaqtida Sankt-Peterburgning «Zenit» klubini boshqargan italiyalik mutaxassis Roberto Manchini kelishi mumkin.
Angliya chempionatining joriy mavsumini «Manchester Yunayted» muvaffaqiyatsiz boshladi va 7 turda 10 ochko jamg‘ardi. Jamoa turnir jadvalida 10-o‘rinda bormoqda.
Yaqinda Manchester klubi xo‘jayinlaridan biri Jim Retkliff Amorimga vaziyatni o‘nglash uchun uch yil muddat bergani haqida xabarlar tarqaldi.
Roberto Manchini Saudiya Arabistoni terma jamoasi murabbiyligidan ketganidan so‘ng 2024 yilning kuzidan beri ishsiz yuribdi. Shuningdek, mutaxassis Italiya terma jamoasi, «Inter», «Galatasaroy» va boshqa klublarga ustozlik qilgan.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/