Roberto Manchini: “Bu Saudiya Arabistoni uchun ajoyib imkoniyat»

Saudiya Arabistoni terma jamoasi bosh murabbiyi Roberto Manchini ushbu mamlakat JCH-2034 mezbonligi uchun yagona da’vogar ekanligini aytdi.

“Bu Saudiya Arabistoni uchun ajoyib imkoniyat. Kelgusi o‘n yil ichida mamlakat fantastik jahon chempionatini o‘tkazishga tayyor bo‘ladi. Buning uchun ularda barcha resurslar bor”, – dedi italiyalik mutaxassis.

Eslatib o‘tamiz, Roberto o‘tgan yozda Saudiya Arabistoni terma jamoasi bosh murabbiyi lavozimini egallagan edi. Mutaxassis 2026 yilgacha uzoq muddatli mehnat shartnomasi tuzdi. Robertoning maoshi 20 million yevro.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter