Janubiy koreyalik sport mutaxassislari Toshkentda taqdimot o‘tkazdi

O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasida “Bodygen Medical” kompaniyasi mutaxassislari ishtirokida o‘tkazilgan tadbirda mamlakatimizning tajribali sport mutaxassislari, taniqli sportchilar, murabbiy va shifokorlar ishtirok etdi.

Unda sport tibbiyoti sohasidagi so‘nggi ilg‘or texnologiyalar haqida so‘z bordi.

Tadbir davomida Janubiy koreyalik mehmonlar o‘z ish faoliyatlarida raqamli yechimlar va sun’iy intellektni joriy etish orqali samaradorlikni oshirish bo‘yicha taqdimot o‘tkazdi.

Shuningdek, O‘zbekiston va Koreya Respublikasining yetakchi sport shifokorlari o‘rtasida tajriba almashish yo‘nalishidagi ustuvor rejalar muhokama qilindi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter