O‘zbekistonda o‘smirlar va yoshlar o‘rtasida “Prezident Olimpiadasi” o‘tkaziladi
Prezident qaroriga ko‘ra, 2025 yildan o‘smirlar va yoshlar o‘rtasidagi O‘zbekiston chempionatlarini uch bosqichli “Yangi O‘zbekiston Olimpiya cho‘qqilari” sport musobaqalari shaklida o‘tkazib borish tizimi yo‘lga qo‘yiladi.
Ushbu sport musobaqalarda yoshlarni sport bilan doimiy shug‘ullantirish xizmatini ko‘rsatadigan jismoniy va yuridik shaxslarning sport tayyorgarligiga ega bo‘lgan sportchilari ishtirok etadi.
Musobaqalarning respublika final bosqichi har yili Olimpiya shaharchasida “Prezident Olimpiadasi” sifatida o‘tkaziladi.
Musobaqalarning respublika bosqichida saralangan sportchilar quyidagi sport-ta’lim tashkilotlariga milliy terma jamoalarga zaxira sifatida tayyorlash uchun yo‘naltirib boriladi:
2-o‘rinlarni qo‘lga kiritgan sportchilar — Respublika olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markaziga;
3-o‘rinni qo‘lga kiritgan sportchilar — hududiy olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlariga.
O‘zbekistonda “Yangi O‘zbekiston Olimpiya cho‘qqilari” musobaqalarini o‘tkazish yo‘lga qo‘yilishi haqida 2025 yilning fevralida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida e’lon qilingandi.
Viloyat bosqichi g‘oliblari har yili 10—20 dekabr kunlari Olimpiya shaharchasida o‘tkaziladigan Prezident olimpiadasida ishtirok etishi qayd etilgan. Musobaqa g‘oliblari uy, avtomobil kabi qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi.
Manba: www.daryo.uz
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/