Sport vazirligi hamda MOQ rahbariyati ishtirokida Los-Anjeles-2028 yozgi Olimpiya o‘yinlariga tayyorgarlik jarayoni muhokama qilindi

Bugun sport vazirligida Los-Anjeles-2028 yozgi Olimpiya o‘yinlariga tayyorgarligiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Unda Vazir Adham Ikramov, MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimov, Qo‘mita raisi o‘rinbosari Sherzod Tashmatov va soha mutaxassislari ishtirok etishdi.

Dastavval, Adham Ikramov jarayonning umumiy holati bilan tanishdi. Sherzod Tashmatov yangi Olimpiya siklida terma jamoalardagi lisenziyalarga da’vogar sportchilar, ularning imkoniyatlari borasida ma’lumot berdi.

Yig‘ilish davomida Oybek Omilovich hududlarda olib borilayotgan o‘rganish ishlari xulosasi bo‘yicha fikrlarini bildirdi.

Yakunda iqtidorli sportchilarni seleksiya qilish, terma jamoalarning moddiy texnik-bazasini yaxshilash, sportchilarga doimiy ravishda mahalliy va xalqaro o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini tashkil etish kabi vazifalar, qolaversa, O‘zbekiston delegasiyasini Los-Anjeles-2028 yozgi Olimpiya o‘yinlariga puxta tayyorlash bo‘yicha ishlab chiqiladigan Prezident Qarori loyihasi uchun muhim yo‘nalishlar belgilab olindi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter