Iroq bilan o‘yindagi durang Saudiya Arabistonini JCH ishtirokchisiga aylantirdi

Saudiya Arabistoni JCH-2026 Osiyo saralashi 4-bosqich 3-turidan o‘rin olgan Iroq bilan o‘yinda durang qayd etdi – 0:0.

Ushbu durang evaziga Saudiya Arabistoni terma jamoasi JCH-2026 yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Jamoa 4 ochko bilan B guruhida birinchi o‘rinni egalladi. Iroq ham 4 ochko to‘pladi, ammo to‘plar nisbatiga ko‘ra ortda qoldi.

Iroqliklar Osiyo saralashining beshinchi bosqichida o‘ynaydi: jamoa BAAga qarshi ikkita o‘yin o‘tkazadi. G‘olib qit’alararo pley-off o‘yinlarida ishtirok etadi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter