JCH—2026 saralashi. O‘zbekiston Turkmaniston ustidan ishonchli hisobda g‘alaba qozondi (videosharh)

O‘zbekiston terma jamoasi JCH—2026 saralashi doirasida 6 iyun, payshanba kuni Turkmanistonga qarshi bahs olib bordi.

Uchrashuvning 17-daqiqasida Husniddin Aliqulov hisobni ochdi. 25-daqiqada esa Shanazar Tirkishov hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo‘ldi.

Oradan 4 daqiqa o‘tib, Oston O‘runov chiroyli kombinasiyani golga aylantirdi. Bo‘lim O‘zbekistonning kichik ustunligi bilan yakunlandi.

Ikkinchi bo‘limda ham Srechko Katanes shogirdlari to‘p nazoratini qo‘lga oldi. 71-daqiqada Sherzod Nasrullayev hisobni ishonchli ko‘rinishga olib keldi.

Qolgan daqiqalarda darvozalar ishg‘ol etilmadi va O‘zbekiston 3:1 hisobida g‘alaba qozondi.

JCH—2026 saralashi
6 iyun, payshanba
O‘zbekiston – Turkmaniston 3:1
Gollar: Husniddin Aliqulov, 17 (1:0), Shanazar Tirkishov, 25 (1:1), Oston O‘runov, 29 (2:1), Sherzod Nasrullayev, 71 (3:1).
O‘zbekiston: 1. O‘tkir Yusupov, 5. Rustam Ashurmatov, 7. Otabek Shukurov (Abdulla Abdullayev, 76), 9. Odilbek Hamrobekov, 10. Jaloliddin Masharipov (Jamshid Iskanderov, 76), 11. Oston O‘runov (Hojimat Erkinov, 83), 13. Sherzod Nasrullayev, 14. Eldor Shomurodov, 15. Umar Eshmurodov (Abduqodir Husanov, 50), 19. Azizbek Turg‘unboyev (Abbosbek Fayzullayev, 50), 23. Husniddin Aliqulov.
Turkmaniston: 1.Ahalliyev Rustem, 2. Guychmirat Annaguliyev, 3. Ixlas Toyjanov, 6. Alibek Abdurahmonov, 8. Mirza Beknazarov, 11. Didar Durdiyev, 12. Haqmuhammad Bashimov, 13. Velmirat Ballakov, 14. Shanazar Tirkishov, 15. Abdi Bashimov, 17. Altimirat Annadurdiyev.
Ogohlantirishlar: Sherzod Nasrullayev (52), Haqmuhammad Bashimov (64).

Manba: daryo.uz

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter