«Yuventus» «Real» futbolchisini sotib olishi mumkin

«Real»ning braziliyalik hujumchisi Endrik qishki transfer oynasida Italiya A Seriyasiga ko‘chib o‘tishi mumkin. Bu haqda jurnalist Matteo Moretto ma’lum qildi.

Ta’kidlanishicha, yosh hujumchi bo‘lajak jahon chempionatida Braziliya terma jamoasi qaydnomasidan o‘rin olishga umid qilmoqda, shuning uchun u yanvar oyida klubini o‘zgartirishga tayyor. Xabi Alonso qo‘l ostida «Real»da bir daqiqa ham o‘ynamagan Endrik uchun variantlardan biri «Yuventus» bo‘lishi mumkin. Qayd etilishicha, Endrikka yozdayoq «Yuventus» qiziqish bildirgan.

19 yoshli hujumchining «qaymoqranglilar» bilan amaldagi shartnomasi 2030 yilning iyunigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt mutaxassislari futbolchining narxini 35 million yevroga baholamoqda.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter