Saudiya klublari «Atletiko» hujumchisini sotib olishi mumkin

Madridning «Atletiko» klubi vingeri Anxel Korreaga Saudiya klublari qiziqish bildirmoqda.

Matteo Moretto xabariga ko‘ra, «Atletiko» hali 28 yoshli futbolchi uchun rasmiy taklif olmagan. Korreaning o‘zi Saudiyaga o‘tmoqchi emas.

Transfermarkt argentinalik futbolchini 30 million yevroga baholamoqda. Uning shartnomasi 2026 yilgacha mo‘ljallangan.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter