«Arsenal» yangi chap qanot himoyachisi topdi
«Arsenal» «Ayntraxt»ning germaniyalik chap qanot himoyachisi Nataniel Braunni nishonga oldi.
Londonliklar futbolchini qishda sotib olmoqchi. «Kanonirlar» bosh murabbiyi Mikel Arteta nemis jamoasining yangi yulduzini diqqat bilan kuzatmoqda. Braunning mehnat shartnomasi 2030 yil yozigacha amal qiladi. Futbolchining transfer narxi 22 mln yevroni tashkil etadi (Transfermarkt ma’lumotlari).
Bu mavsumda Nataniel Braun «Ayntraxt» safida 8 ta o‘yin o‘tkazdi. Ularda o‘yinchi 1 ta gol urib, 1 ta golli pas berdi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/