«Barselona» chap qanot himoyasiga yangi futbolchi olishni mo‘ljallab turibdi

«Las-Palmas»ning chap qanot himoyachisi Serxi Kardona «Barselona»ning nishoniga aylandi.

24 yoshli futbolchining shartnomasi joriy mavsum so‘nggida tugaydi va Yevropaning top-ligalarining turli klublari vakillari allaqachon lateralning agentiga murojaat qilishgan. Insayder Fabrisio Romanoning so‘zlariga ko‘ra, «Barselona» ham qiziquvchilar orasida va vaziyatni diqqat bilan kuzatib bormoqda. Dekabr oyida futbolchining «Atletiko»ga o‘tishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Serxi Kardona joriy La Ligada “Las-Palmas” safida 20 ta o‘yinda maydonga tushib, bitta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, ispaniyalik futbolchining narxi 3 million yevroni tashkil qiladi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter