«Chelsi» yetakchisi Argentina terma jamoasida jarohat oldi
Argentina terma jamoasi yarim himoyachisi Enso Fernandes o‘ng tizzasidan jarohat oldi. Argentina terma jamoasi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, futbolchiga yallig‘lanish tashxisi qo‘yilgan, shu sababli u 15 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadigan Puerto-Rikoga qarshi bahsda ishtirok eta olmaydi.
Fernandes tiklanish va davolanish uchun Londonning «Chelsi» klubi qarorgohiga qaytadi.
Joriy mavsumda 24 yoshli markaziy yarim himoyachi «Chelsi» safida Angliya chempionatida 7 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Shuningdek, u Chempionlar Ligasida ikkita o‘yin o‘tkazdi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/