Argentina terma jamoasi yarim himoyachisi xoch bog‘lamlaridan jarohat oldi

Valentin Karboni Argentina terma jamoasi mashg‘ulotlarida jiddiy jarohat oldi.

TyC Sports xabariga ko‘ra, «Marsel» yarim himoyachisi Mayamidagi mashg‘ulot vaqtida chap tizzasidan jarohat olgan. Tekshiruv shuni ko‘rsatdiki, 19 yoshli futbolchining oldingi xoch bog‘lami yirtilgan.

Karboni kamida yetti oyni o‘tkazib yuborishi kutilmoqda.

Joriy mavsumda «Inter»dan ijaraga olingan yarim himoyachi Liga 1ning 4 ta uchrashuvida ishtirok etdi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter