Skoulzning Amorim haqida fikri qanday?

«Manchester Yunayted»ning sobiq futbolchisi Pol Skoulz jamoa bosh murabbiyi Ruben Amorim haqida fikr bildirdi.

«Menimcha, Ruben Amorim bilan hammasi shu darajaga yetdiki, endi biz murabbiylarning ishdan bo‘shatilishi haqida cheksiz gapirishni istamaymiz. «Manchester Yunayted», umuman olganda, murabbiylarga yetarlicha vaqt beradi. Muxlislar Amorimga hushtakbozlik qilishmaydi, ammo «Brentford»dan uchralgan mag‘lubiyatdan keyin birinchi marta «Unga juda ko‘p vaqt berilyapti,» deb o‘yladim. Bu faqat vaqt masalasi, qachon hammasi tugaydi, degan fikr bor», – deya Skoulzning so‘zlarini keltiradi Manchester Evening News.

Avvalroq, «Manchester Yunayted» xo‘jayini Jim Retkliff Ruben Amorimga yetarlicha vaqt – taxminan uch yil berishini aytdi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter