«Bavariya» asosiy himoyachisi bilan deyarli kelishib oldi

«Bavariya» va Dayo Upamekano yangi shartnoma borasida muzokaralar olib bormoqda.

Markaziy himoyachi va klub o‘rtasidagi amaldagi kelishuv joriy mavsum yakunida o‘z nihoyasiga yetadi.

Myunxenliklar futbolchi bilan bazaviy maosh masalasida deyarli kelishuvga erishgani aytilmoqda, deb xabar berdi jurnalist Kristian Falk.

Biroq, «Bavariya»ga shartnoma bonusi to‘sqinlik qilishi mumkin.

Alfonso Devis shartnomani qayta imzolaganidan so‘ng taxminan 20 million yevro oldi va nemis klubi Dayo Upamekanoga shuncha taklif berishga tayyor emas.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter