Bundesliga. «Bavariya» «Borussiya D»ni mehmonda tor-mor qildi, Keyndan xet-trik

Bundesliganing 10-turida Dortmundning “Borussiya” klubi o‘z maydonida “Bavariya”ni qabul qildi va yirik 0:4 hisobida imkoniyatni boy berdi.

4-daqiqadayoq mehmonlar himoyachisi Dayo Upamekano uchrashuvda hisobni ochgan bo‘lsa, 9-daqiqada hujumchi Xarri Keyn gol urdi – ikkalasiga ham qanot vingeri Leroy Sane assistentlik qildi. 72-o‘yinda Keyn dubl qayd etdi. O‘yinga yakuniy nuqtani yana o‘sha Keyn 90+3-daqiqada qo‘ydi.

Borussiya D – Bavariya 0:4 (0:2, 0:2)
4 noyabr, 22.30, «Signal Iduna Park»
Gollar: 0:1 – 4 Upamekano, 0:2 – 9 Keyn, 0:3 – 72 Keyn, 0:4 – 90 Keyn.
Borussiya D – Kobel, Xummels, Shlotterbek, Ryuerson, Roys, Zabitser, Brandt (Mukoko, 66), Ozdjan (Nmecha, 57), Volf (Zyule, 46), Malen (Adeyemi, 57), Fyullkrug (Aller, 79).
Bavariya – Noyer, Mazraui, Upamekano (Pavlovich, 60), Kim Min Chje, Devis, Goretska, Laymer, Koman, Sane (Myuller, 89), Musiala (Shupo-Moting, 89), Keyn.
Ogohlantirishlar: Sane (22), Xummels (61), Ryuerson (74), Zabitser (76), Laymer (85).

Manba: www.stadion.uz.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter