A Seriya peshqadamlaridan biri «Roma»ning ustozi Gasperini irodali g‘alaba haqida fikr bildirdi

«Roma» bosh murabbiyi Jan Pyero Gasperini A Seriya 6-turidan o‘rin olgan «Fiorentina»ga qarshi o‘yindagi g‘alabasi haqida gapirdi.

Unda «bo‘rilar» 2:1 hisobida muvaffaqiyatga erishdi. Gasperini g‘alabani juda muhim deb atadi.

«Bu mavsumda birinchi marta irodali g‘alabaga erishish muhim edi. Himoyada juda toza o‘ynadik, hujumda esa yanada yaxshiroq o‘ynashimiz mumkin edi va natija juda ijobiy,» – deya mutaxassisning so‘zlarini keltiradi rimliklar klubi matbuot xizmati.

«Roma» ochkolarini 15 taga yetkazib, qo‘shimcha ko‘rsatkichlar bo‘yicha peshqadam «Napoli»dan keyin ikkinchi o‘rinda bormoqda.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter