Totti Gasperinining «Roma»ga tayinlanishiga munosabat bildirdi

«Roma» afsonasi Franchesko Totti poytaxt jamoasi boshqaruviga Jan Pyero Gasperini tayinlangani haqida gapirdi.

«Bo‘rilar» va 67 yoshli murabbiy o‘rtasidagi mehnat shartnomasi uch yilga mo‘ljallangan.

– Gasperini? Bilmadim, hozircha bunga ishonchim komil emas. Uning ishini ko‘rish kerak. Ushbu jamoani mashq qildirish uchun ko‘p individuallik talab etiladi. Murabbiy o‘z falsafasini o‘tkazishi kerak,» – deya «Imperator»ning so‘zlarini keltiradi insayder Nikolo Skira o‘z ijtimoiy tarmoqlarida.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter