Gasperini: «Superkubokda «Real» bilan uchrashishimizni tasavvur qilish oson emas»

Jan Pyero Gasperini Karlo Anchelotti haqida gapirdi.

14 avgust kuni “Atalanta” va “Real Madrid” klublari Yevropa Superkubogi uchun o‘yinda maydonga tushadi.

“Superkubokda “Real” bilan uchrashishimizni tasavvur qilish oson emas edi. Avgust oyida ular bilan o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazsak ham, bu kutilmagan hol bo‘lardi. Shuning uchun, men favqulodda voqea kutaman.

Karlo Anchelotti – ajoyib inson. Nafaqat natijalari tufayli, balki muvozanatni saqlay olgani uchun ham.

U qiladigan asosiy narsa – qosh ko‘tarish! Biz 90-yillarda birga murabbiylik kurslarida qatnashganmiz”, – dedi Bergamo klubi bosh murabbiyi Jan Pyero Gasperini.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter