Ispaniya terma jamoasi Yamalning jarohat olganidan hayratda
Juma kuni «Barselona» Lamin Yamalning belidagi muammo tufayli ikki-uch hafta maydonga tusha olmasligini e’lon qildi. Marca nashri tarqatgan xabarga ko‘ra «ko‘k-anorranglilar»ning ushbu bayonotidan keyin Ispaniya terma jamoasi hayron bo‘lmoqda.
Manbaga ko‘ra, «Barselona» payshanba kuni Ispaniya Qirollik futbol federasiyasi bilan aloqada bo‘lgan. Klub Yamalda charchoq va noqulaylik borligi haqida xabar bergan, ammo futbolchi yaqinlashib kelayotgan o‘yinda maydonga tusha olmasligi haqida hech narsa ma’lum qilmagan. Aynan shuning uchun ham Lamin Ispaniya terma jamoasiga chaqirilgan futbolchilar ro‘yxatiga kiritildi. Ro‘yxat «Barselona» Yamal haqida xabar e’lon qilishidan bir necha soat oldin e’lon qilindi.
O‘tgan oyda Lamin Yamal Ispaniya terma jamoasidagi o‘yinlaridan so‘ng lazaretga tushib qolgan edi. «Barselona» bosh murabbiyi Xans-Diter Flik futbolchining muammolarini bilgan holda undan terma jamoada foydalanishganidan g‘azablandi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/