Yamalning otasi: «Balki Messini o‘g‘lim duo qilgandir?»

Yaqinda ijtimoiy tarmoqlarda 16 yil oldingi fotosurat paydo bo‘ldi, unda Lionel Messi Lamin Yamalning cho‘milish marosimida qatnashgani aks etgan. Surat Ispaniya terma jamoasining amaldagi futbolchisining otasi Munir Nasraui tomonidan chop etilgan.

Endi Nasraui o‘sha paytda Messi Yamalni muvaffaqiyatli faoliyati uchun duo qilgan degan taxmin haqida gapirdi.

«Messi Lamin uchun duo qildimi? Yoki Leoni duo qilgan Lamin bo‘lgandir? Men uchun o‘g‘lim eng zo‘ri!» – dedi Nasraui jurnalistlarga.

Eslatib o‘tamiz, Lamin Yamal Yevropa chempionati yarim finalida Fransiyaga qarshi o‘yinda chiroyli gol urib, Ispaniya terma jamoasining turnir finaliga chiqishiga yordam bergandi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter