Yamal Ispaniya terma jamoasidagi ilk dublini amalga oshirdi

“Barselona” vingeri Lamin Yamal Millatlar ligasi yarim finalida Fransiyaga qarshi o‘yinda ikkita gol urdi.

17 yoshli futbolchi o‘yinning 54-daqiqasida penaltini golga aylantirdi va 67-daqiqada gol urib, hisobni 5:1 ko‘rinishiga keltirdi.

Bu Yamalning terma jamoadagi ilk dublidir. Avval u har bir o‘yinda bittadan ko‘p gol urmagan.

Lamin Yamal Ispaniya terma jamoasi safida 20 ta o‘yinda jami 6 ta gol urgan. Futbolchining debyuti 2023 yilning sentyabr oyida bo‘lib o‘tgan edi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter