Gvardiola Angliya terma jamoasiga chaqirilmagan Foden haqida fikr bildirdi
Tomas Tuxel oktyabr oyidagi yig‘inga Angliya terma jamoasiga chaqirgan futbolchilar ro‘yxatidan Fil Foden chetda qoldi. Bu borada «Manchester Siti» bosh murabbiyi Xosep Gvardiola izoh berdi.
«Tuxel Angliya terma jamoasi uchun nima kerakligini mendan million marta yaxshiroq biladi. Faqat shuni aytishim mumkinki, agar Foden hozirgidek o‘ynasa, terma jamoaga qaytadi.
Fodenning terma yig‘inini o‘tkazib yuborishidan xursandmanmi? Futbolchilar terma jamoalarga kirganidan xursand bo‘laman. Ammo ular sog‘-salomat qaytishsa, yanada xursand bo‘laman,» – dedi Gvardiola jurnalistlarga.
5 oktyabr, yakshanba kuni «Manchester Siti» safarda «Brentford» mehmoni bo‘ladi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/