Foden nega «Siti» qaydnomasiga kiritilmadi?
«Manchester Siti» birozdan so‘ng start oladigan «Kristal Pelas»ga qarshi asosiy tarkibini e’lon qildi. O‘yin qaydnomasiga qanot vingeri Fil Foden kiritilmagan.
Fabrisio Romano xabariga ko‘ra, Pep Gvardiola 24 yoshli ingliz to‘liq formada bo‘lmagani sababli uni qaydnomaga kiritmagan.
Foden joriy mavsumda 40 ta o‘yinda 10 ta gol urib, 6 ta golli pas berdi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/