«Bayer» yarim himoyachisi bilan 5 yillik yangi shartnoma imzoladi
Leverkuzenning «Bayer» klubi markaziy yarim himoyachisi Eksekiel Palasios bilan yangi shartnoma imzolaganini e’lon qildi.
«Dorishunoslar» rasmiy sayti xabariga ko‘ra, 26 yoshli argentinalik futbolchi bilan yangi kelishuv 2030 yilning iyun oyi oxirigacha mo‘ljallangan.
Palasios 2020 yilda «River Pleyt»dan 17 million yevro evaziga sotib olingan. U jamoa safida 162 ta o‘yinda 15 ta gol urib, 16 ta assist amalga oshirgan.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/