Jeyms «Chelsi»da qolishni istaydi

«Chelsi»ning o‘ng qanot himoyachisi Ris Jeyms o‘z jamoasida qolish niyatida. Avvalroq “ko‘klar” sardoriga “Real” qiziqayotgani, ammo ingliz futbolchisi ketish niyatida emasligi haqida xabar berilgandi.

HITC xabariga ko‘ra, «Chelsi» moliyaviy feyr-pley qoidalariga rioya qilish uchun katta miqdorda futbolchilarni sotishi kerak bo‘lishi mumkin. Mavsumni ko‘p jarohatlar tufayli o‘tkazib yuborgan Jeyms nomzodlardan biri. Biroq o‘ng qanot himoyachisi «Chelsi»da baxtli va ketishni istamayapti.

Jeyms mavsumning qolgan qismida maydonga tushmasligi mumkin, chunki futbolchi hali ham tizzasidagi operasiyadan tuzalib ketmoqda. Ris Premyer-liganing ushbu mavsumida atigi 8 ta o‘yin o‘tkaza oldi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter