«Nyukasl» yetakchisi 6-8 haftaga safdan chiqdi
«Nyukasl» himoyachisi Valentino Livramento tizza bog‘lamlaridan olgan jarohati tufayli 6-8 haftani o‘tkazib yuboradi, deya xabar bermoqda Sky Sports.
Manbaga ko‘ra, 22 yoshli inglizning paylari uzilgani aniqlanmagan, ammo jarohat baribir jiddiy deb baholanmoqda. U APLning 6-turidan o‘rin olgan «Arsenal»ga (1:2) qarshi o‘yinda jarohat olib, 77-daqiqada zaxiraga olingandi.
2025/26 yilgi mavsumda barcha musobaqalarda 8 ta o‘yinda Livramento 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning shartnomasi 2028 yilning 30 iyuniga qadar amal qiladi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/